Tovarni qaytarish shartlari

! Iste’molchining tovarni almashtirish yoki qaytarish bo‘yicha talabi, agar tovardan foydalanilmagan, u shikastlanmagan, qadog‘i bilan qaytarilgan bo‘lsa, uning iste’mol xususiyatlari saqlangan va ushbu sotuvchidan sotib olinganligini tasdiqlovchi asoslar bo‘lsa, qanoatlantirilishiga e’tiboringizni qaratamiz (IHHQT O‘R qonuni 18-modda).

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatda ko‘rsatilgan almashtirilishi va qaytarilishi mumkin bo‘lmagan zarur sifatdagi tovarlar bilan bu yerda tanishish mumkin.

Xaridor tomonidan olingan mahsulotning qaytarilishiga sabab tovarda brak yoki boshqa nuqson bo‘lishi mumkin. Nuqsoni bor tovarni almashtirish borasida mijoz 10 kun davomida murojaat qilishi mumkin.

Tovarni qaytarish xaridor tomonidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • tovarni qaytarish faqatgina shaxsiy kabinetda maxsus formani to‘ldirish orqali amalga oshiriladi.
  • ariza formasining barcha maydonlari to‘liq to‘ldirilishi shart. Agar ariza formasininig barcha maydonlari to‘liq to‘ldirilmagan yoki qisman to‘ldirilgan bo‘lsa sotuvchi arizani qabul qilmaslikka haqli.
  • ariza formasini to‘ldirayotganda xaridor, olgan tovarining qadog‘i shikastlanmagani va sotuvchi tomonidan berilgan barcha cheklar joyida ekaniga ishonch hosil qilishi kerak.
  • tovarni sotuvchiga jo‘natish xarajatlarini Xaridor to‘liq qoplaydi.

Xaridor arizasi 7 (yetti) ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.

Agar Sizda yana savollar bo‘lsa iltimos biz bilan quyidagi raqam orqali bog‘laning: +998 55500-30-03

{{--